Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putinning Zelenskiyga munosabati qanday? Peskov izoh berdi

Putinning Zelenskiyga munosabati qanday? Peskov izoh berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov RF rahbarining Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga munosabati haqida gapirdi.

RIA «Novosti»ning yozishicha, Putin Zelenskiy bilan aloqalarga ijobiy tarzda qaraydi.

Peskov shuningdek, Rossiya prezidenti uchun kelishuvlarga erishish muzokaralardan muhimroqligini qistirib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil Putin bilan jonli muloqotda «Zelenskiy prezidentligi haqida nima deysiz?»  degan savolga u «bu komediya emas tragediya»  deya ta’kidlagan edi. Keyingi chiqishlarining birida esa Ukrainada prezident almashuvi «vaziyatni o‘zgartirmagani»dan noligandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring