Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin yangi bosh vazir nomzodini ko‘rsatdi

Putin yangi bosh vazir nomzodini ko‘rsatdi

Foto: kremlin.ru

Vladimir Putin yangi bosh vazir lavozimiga Federal soliq xizmati boshlig‘i Mixail Mishustin nomzodini taklif qildi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.

«Prezident Vladimir Putin bugun Mixail Mishustin bilan uchrashdi va unga hukumat raisi lavozimini egallashni taklif qildi. Uning roziligini olgach, davlat Dumasida ko‘rib chiqish uchun Bosh vazir lavozimiga Mishustinning nomzodini ko‘rsatdi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedev mamlakat prezidenti Vladimir Putinning parlamentga murojaatidan so‘ng butun hukumat iste’foga chiqayotganini ma’lum qilgandi.

Prezident farmoniga ko‘ra, yangi bosh vazir tayinlangunga qadar hukumat rahbari vazifasini Dmitriy Medvedev vaqtincha bajarib turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring