Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin va Zelenskiy Parijda yakkama-yakka uchrashishi mumkin

Putin va Zelenskiy Parijda yakkama-yakka uchrashishi mumkin

Foto:«Russia Today»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan Parijda kutilayotgan «Normand to‘rtligi» uchrashuvi haqida so‘zlab berdi. Zelenskiy bu haqda «Svoboda slovo» dasturida aytgan. 

«Biz dengizchilarni qaytarish masalasida RF prezidenti bilan gaplashganmiz. Ammo bu telefon muloqoti edi, men real uchrashuvni istayman», — degan Zelenskiy.

Shuningdek u barcha tomonlar ikki taraflama uchrashuvlar o‘tkazishni reja qilganini aytgan.

Shuningdek, Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiya va Ukrania prezidentlarining ikki tomonlama uchrashuvi o‘tkazilishi mumkinligini tasdiqlagan.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa yakkama yakka uchrashuv masalasi normand sammiti arafasida aniq bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring