Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Putin Moldovaga kelsa qamoqqa olinadi» — Mayya Sandu

«Putin Moldovaga kelsa qamoqqa olinadi» — Mayya Sandu

Moldova prezidenti Mayya Sandu Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni qamoqqa olish uchun order bergan Xalqaro jinoiy sud qarorini bajarishini aytdi.

Bu haqda u xorijlik jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar berdi «Euronews Romania».

Jurnalistning Putin Moldovaga kelsa hibsga olinadimi, degan savoliga Sandu: «Ha», deb javob berdi.

«Moldova Respublikasi Jinoyat sudi bo‘yicha kelishuvni imzolagan va sud qarorini hurmat qiladi», — deya qo‘shimcha qildi Sandu.

U, shuningdek, «Rossiya armiyasini Moldova chegaralaridan uzoqda ushlab turgan» Ukraina sabab mamlakat «hozir hech qanday xavf ostida emasligini» aytdi. Sandu shuningdek, Rossiya mamlakatni «beqarorlashtirish»ga urinayotgani haqidagi da’volarini  ham takrorlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring