Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Zelenskiyning o‘g‘li birinchi sinfga bordi

Prezident Zelenskiyning o‘g‘li birinchi sinfga bordi

Foto: «Instagram»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning o‘g‘li maktabga ilk qadamini qo‘ydi. Kirillning hayotidagi yangi bosqich haqida onasi, davlat rahbarining turmush o‘rtog‘i Yelena Zelenskaya instagramda post yozib qoldirdi.

«O‘g‘limiz Kirill endi birinchi sinf o‘quvchisi. Bugun u ilk bor partada o‘tirib, birinchi o‘qituvchisi va sinfdoshlari bilan uchrashdi», — deb yozdi mamlakat birinchi xonimi o‘zining «Instagram»dagi sahifasida.

Bu tong oilamizda o‘zgacha bo‘ldi, negaki keyingi 12 yil davomida Kirill do‘stlik va umidsizlikni tanishi, fe’l-atvorini chiniqtirishi va mas’uliyatli bo‘lishiga to‘g‘ri keladi, deb qo‘shib qo‘ydi u. Kirill nafaqat maktab dasturini o‘zlashtiradi, balki o‘zgarayotgan mamlakatda yashashni o‘rganadi.

«Farzandlarimiz — kelajak avlodimiz. Ular cheklovlar va bema’ni yodlashlarni bilmaydi. Ular maktabni yaxshi ko‘rishi va bajonidil ta’lim olishiga ishonamiz. So‘ngra esa qalbi yo‘l ko‘rsatgan kasbni tanlashadi va mamlakatimiz uchun ko‘pgina foydali ishlarni amalga oshirishadi», — deya so‘zlarini davom ettirgan Zelenskaya.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring