Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poroshenko jonli efirda Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qildi

Poroshenko jonli efirda Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qildi

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko saylovdagi raqibi Vladimir Zelenskiyni debatga chaqirdi. U «1+1» kanalidagi «Pravo na vladu» ko‘rsatuvi orqali jonli efirda turib Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qildi va debatga chaqirdi.

Poroshenko raqibini 40 daqiqada ko‘rsatuvga yetib kelishga chaqirgan. Ammo Zelenskiy bu taklifni rad etdi. U ayni vaqtda Parijda bo‘lib turgani va 12 aprelda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokara olib borishini ta’kidlab o‘tgan.

Makron aynan shu kuni Poroshenko bilan ham uchrashishi belgilab olingan. Eslatib o‘tamiz, 19 aprelda Kiyevdagi «Olimpiyskiy» stadionida Poroshenko va Zelenskiy o‘rtasida debat bo‘lib o‘tishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring