Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Polshada prezidentlik saylovi natijasi aniq bo‘ldi

Polshada prezidentlik saylovi natijasi aniq bo‘ldi

Foto: «Ukrinform»

Anjey Duda Polsha prezidenti sifatida faoliyatini davom ettiradi. Ekzitpolning o‘zidayoq u ikkinchi muddatga saylangani ma’lum bo‘ldi.

Foto: «Facebook»

Dastlabki hisob-kitoblar Anjey Duda saylovchilarning 50,4 foiz ovozini olganini ko‘rsatdi. Uning raqibi — «Fuqarolar koalitsiyasi» muxolifatchilari nomzodi Rafal Tshaskovskiy 49,6 foiz ovoz to‘pladi.

Bugun, 13-iyul kuni Polsha davlat saylov komissiyasi saylov natijalarini rasman e’lon qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring