Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polsha Chexiyaning bir qismini tasodifan «bosib olib», buni anglashmovchilik deb atadi

Polsha Chexiyaning bir qismini tasodifan «bosib olib», buni anglashmovchilik deb atadi

Foto: «cnn.com»

Polsha TIV may oyida Chexiyaning bir qismini tasodifan «bosib olgani»ni anglashmovchilik deb atadi. Bu haqda Polsha rasmiylari «CNN»ga ma’lum qilishgan.

Koronavirus pandemiyasi tufayli yopib qo‘yilgan Chexiya bilan chegarani qo‘riqlayotgan Polsha harbiylari chegaradagi Pelgrjimov shahri yaqinida bo‘lishgan. «CNN»ning yozishicha, may oyining oxirida ular tasodifan chegarani kesib o‘tib, Chexiya fuqarolarining mahalliy cherkovga boradigan yo‘lini to‘sib qo‘yishgan.

«Chegara patruli anglashmovchilik natijasida o‘rnatilgan, bu qasddan qilinmagan. Vaziyat tezda tuzatilgan va Chexiya tomonidan ham hal etilgan», — deya ta’kidlashdi Polsha rasmiylari. Harbiylar Chexiya hududida qancha muddat bo‘lganligi ochiqlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring