Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistonda suyultirilgan gaz portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Pokistonda suyultirilgan gaz portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Foto: «Grivna.ks.ua»

Pokistonning Kvetta provinsiyasida suyultirilgan tabiiy gaz balloni olib ketayotgan avtomobil portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi «Samaa» telekanali.

Portlash natijasida bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan, besh kishi og‘ir jarohat olib, shifoxonada ko‘z yumishgan.

Yana to‘rt kishi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Portlash sababi o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring