Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokiston sobiq prezidenti Parviz Musharraf vafot etdi

Pokiston sobiq prezidenti Parviz Musharraf vafot etdi

Pokiston sobiq prezidenti Parviz Musharraf vafot etdi. U mamlakatni 2001-2008- yillarda boshqargandi.

Al Jazeera telekanalining harbiy manbalarga tayanib yozishicha, siyosatchi uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng Dubayda vafot etgan. U 79 yoshda edi.

Musharraf 1999-yilda harbiy to‘ntarish natijasida hokimiyatga kelgan va dastlab bosh vazir lavozimini egallagan.

2008-yilda Musharraf impichment tahdidi tufayli iste’foga chiqdi va mamlakatni tark etdi, ko‘p o‘tmay Pokistonda unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 2019-yilda Pokiston sudi uni davlatga xiyonatda ayblab, o‘limga hukm qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring