Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pentagon noroziliklar bo‘layotgan Minneapolis shahriga qo‘shin kiritmoqchi

Pentagon noroziliklar bo‘layotgan Minneapolis shahriga qo‘shin kiritmoqchi

Foto: AR

AQSh mudofaa vazirligi harbiy politsiya qo‘shinlariga shay holatga kelishni buyurdi. Qo‘shin norozilik namoyishlari bo‘layotgan Minneapolis shahriga kiritilishi mumkin.

Namoyishlar bir necha kundan buyon davom etib kelmoqda. Eslatib o‘tamiz, Minneapolis shahrida qora tanli Jorj Floyd politsiyachi tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirilgandan so‘ng odamlar ko‘chaga chiqib ketgan edi.

AQShda shaharlarga qo‘shin kiritish holatlari juda kam uchraydi. Ayni vaqtda Shimoliy Karolina va Nyu-Yorkdagi qo‘shinlar shay holatda turibdi, askarlarga 4 soat ichida shaharda tartib o‘rnatishga tayyor turish buyurilgan. Shuningdek Kolorado va Kanzas shtatidan ham bir kun ichida askarlar yetib kelishi kutilmoqda. Umumiy jihatdan 800 nafar askar jo‘nashga shay holatga keltirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring