Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pandemiya sharoitida iqtisodiyoti tiklanayotgan yagona mamlakat

Pandemiya sharoitida iqtisodiyoti tiklanayotgan yagona mamlakat

Foto: EPA/UPG

Koronainqiroz sharoitida iqtisodiyoti tiklanishda davom etayotgan yagona mamlakat — Xitoy. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti uchinchi chorakda, o‘tgan yilga solishtirganda, 4,9 foizga o‘sgan. Bu fakt va raqamlarni «Bloomberg» ma’lum qildi.

Agentlik xabarida aytiladiki, Xitoyda ham chakana savdo, ham sanoat ishlab chiqarishi sentyabrda o‘sishda davom etgan, bu tiklanish reja bo‘yicha ketayotganidan dalolat.

«Xitoy mo‘’jizasi»ning siri nimada? Javobi oddiy: Xitoy koronavirus tarqalishiga qarshi o‘z vaqtida va qat’iy choralar ko‘ra oldi.

«Bu butun dunyo uchun umidbaxsh chorlov bo‘lishi lozim. Agarda siz sog‘liqni saqlash sohasidagi inqirozingizni bartaraf eta olsangiz, iqtisodiyotingizni ham tiklay olasiz», — dedi Singapurdagi «Nomura Holdings Inc.» kompaniyasi global makrotadqiqotlar bo‘limi rahbari Rob Subbaraman.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring