Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zga sayyoraliklar kemasi» haqidagi haqiqat oshkor etildi

«O‘zga sayyoraliklar kemasi» haqidagi haqiqat oshkor etildi

Foto: M. Kornmesser / ESO

AQShning Merilend universiteti olimlari Oumuamua asteroidi borasidagi tadqiqotlar natijasini ma’lum qildi. Olimlar avvaliga ushbu kosmik jism o‘zga sayyoraliklar kemasi bo‘lib chiqishi mumkinligini taxmin qilgan edi.

Ammo bu tahmin rad etildi. 14 nafar mutaxassisdan iborat kengash asteroidni har tomonlama tahlil qilib chiqdi. Uning ko‘rinishi, aylanishi, tezligi va trayektoriyasi ko‘p bora tekshiruvdan o‘tdi. Ob’yektning g‘ayrioddiy harakatlari chuqur tahlil qilindi va Oumuamua — quyosh energiyasida harakatlanadigan sun’iy jism ekani haqidagi taxminlar inkor etildi.

Olimlar asteroid nima sababdan o‘zining sayyoralar tizimidan chiqib ketgani borasida taxmin bildirishgan. Unga ko‘ra Oumuamuani Yupiterga o‘xshash gaz bilan qoplangan gigant sayyora uloqtirib yuborgani aytilmoqda.

Oumuamua — insoniyat tomonidan aniqlangan ilk yulduzlararo ob’yekt bo‘lib, 2017-yilning 19-oktyabrida Yerdan 0,25 astronomik birlik uzoqligida topilgan. Bu Yer va Quyosh o‘rtasidagi masofaning to‘rtdan bir qismiga teng.

Ob’yekt Quyosh tizimidan chiqib ketish asnosida kutilmaganda tezligini oshirgan. Astronomlar esa Oumuamuaning tezligi pasayishini kutayotgan edi. Aynan shu holat mutaxassislar tomonidan o‘zga sayyoraliklar kemasi bilan bog‘liq taxminni jiddiy o‘rganib chiqilishiga sabab bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring