Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning 5 ta shahrida rossiyaliklar saylovda qatnashmoqda

O‘zbekistonning 5 ta shahrida rossiyaliklar saylovda qatnashmoqda

O‘zbekistonning 5 ta: Toshkent, Samarqand Farg‘ona, Olmaliq va Chirchiq shaharlarida bugundan Rossiya davlat dumasiga saylovlar uchun ovoz berish uchastkalari ochildi.

Xabar berilishicha, saylov jarayonlari sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilingan holda tashkil etilmoqda. Bir uchastkaga bir vaqtda 5 kishidan ortiq odam kiritilmayapti, tashrif buyuruvchilar niqob, qo‘lqop va ruchkalar bilan ta’minlanyapti.

Samarqandning o‘zida Rossiyaning 700 nafarga yaqin fuqarosi saylovda ovoz berish uchun ro‘yxatga olingan.

Rossiya dumasiga saylovlar 17 sentyabrdan 19 sentyabrgacha davom etadi. Bugun saylovning oxirgi kuni.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring