Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlikni kaltaklagan Rossiya Migratsiya xizmati xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekistonlikni kaltaklagan Rossiya Migratsiya xizmati xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Rossiya Federatsiyasining Tomsk shahrida Migratsiya xizmat xodimi tomonidan O‘zbekiston fuqarosining huquqi buzilib, unga nisbatan kuch ishlatilgani haqida xabar berilgandi.

Ushbu holat yuzasidan Rossiyaning Tergov qo‘mitasi tekshiruv o‘tkazgan. 

Unga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 286-moddasi (zo‘rlik ishlatgan holda o‘z lavozimini suiiste’mol qilish yoki undan foydalanish bilan tahdid qilish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan politsiya xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi asossiz ravishda xorij fuqarosiga jismoniy kuch ishlatib, yuziga urgan, oyog‘iga tepgan deb topilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring