Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Otalar kuni» Argentina va Urugvayda 48 million kishi elektr tokisiz qoldi

«Otalar kuni» Argentina va Urugvayda 48 million kishi elektr tokisiz qoldi

Illyustrativ foto

Argentina va Urugvay xonadonlarida yana chiroqlar porlay boshladi: Argentina energetika departamenti har ikki mamlakatda elektr ta’minoti 98 foizga tiklanganini bildirdi. Bu haqda «KP» xabar berdi.

Idora xabariga ko‘ra, qolgan ikki foiz foydalanuvchilardagi muammolar mahalliy transformator nimstansiyalaridagi muammolar bilan bog‘liq. Ularni ham tiklash ishlari davom etyapti.

Eslatib o‘tamiz, kechagi yakshanba tongida (16-iyun) Argentina energiya tizimida ulkan uzilish ro‘y berib, qariyb butun mamlakat hududi va qo‘shni Urugvayning ayrim tumanlarida elektr toki batamom o‘chdi. Umuman olganda, 48 million kishi elektr tokisiz qoldi.

Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar Braziliya, Paragvay va Chilining ayrim chegara hududlarida ham kuzatilgan. E’tiborli jihati, yakshanba kuni ushbu mamlakatlar Otalar kunini nishonladi — chiroqlarsiz...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring