Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kassir ayolning xatosi pensionerni millionerga aylantirdi

Kassir ayolning xatosi pensionerni millionerga aylantirdi

Foto: «Ottawa.ctvnews.ca»

Kanadalik pensioner kassir ayolning xatosi tufayli millioner bo‘ldi, deb xabar berdi «CTV News Ottawa» telekanali.

Kombermerlik 82 yoshli Maykl Batt lotereya xarid qilish uchun kassirga murojaat qilgan. Biroq ayol adashib unga boshqa turdagi lotereya chiptasini berib yuborgan. Natijada qariya bir million Kanada dollarini yutib oldi (taxminan 7,5 milliard so‘m).

Battning aytishicha, yutuqli chiptani rasmiylashtirib bo‘lgandan so‘ng kassir ayolga choy puli qoldirgan.

«Agar u xato qilmaganda bunday bo‘lmasdi», — deya tan olgan pensioner.

Buni qarangki, 80-yillarda Maykl Battning akasi ham lotereyadan 3,5 million Kanada dollarini yutib olgan ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring