Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ona bolalarini ko‘p qavatli uyning derazasidan uloqtirib, ularning hayotini saqlab qoldi (video)

Ona bolalarini ko‘p qavatli uyning derazasidan uloqtirib, ularning hayotini saqlab qoldi (video)

Foto: «Daily Sabah»

Turkiyaning Istanbul shahrida bir ayol bolalarini yonayotgan kvartiraning derazasidan uloqtirib, ularning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda «Daily Sabah» gazetasi xabar berdi.

Hodisa 24-fevral kuni Esenler tumanida sodir bo‘ldi. Ko‘p qavatli uyning uchinchi qavatida yong‘in kelib chiqqan. Videodagi kadrlarda ona to‘rtta bolasini derazadan birin-ketin uloqtirayotgani, ko‘ngillilar guruhi choyshabni cho‘zib, ularni birma-bir ushlab olayotgani tasvirlangan. Rasmiylarning ma’lum qilishicha, bolalar jarohat olishmagan.

Qo‘shnilaridan birining aytishicha, dastlab kvartiradan qora tutun chiqa boshlagan.

«So‘ngra derazadan bolalarning qichqirig‘i eshitildi, — deb eslaydi guvoh. — Biz choyshabni cho‘zdik. Ayol bolalarni pastga uloqtira boshladi. Choyshab yordamida to‘rtalasini ham ushlab oldik».

Keyinchalik o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etishdi. Yong‘in sababi o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring