Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olmaotadagi metro va avtobuslar odatiy ish tartibiga qaytmoqda

Olmaotadagi metro va avtobuslar odatiy ish tartibiga qaytmoqda

Foto: «Wfin.kz»

Qozog‘istonning Olmaota shahrida 1-iyundan jamoat transporti oldingi ish tartibiga qaytmoqda. Bu haqda «Zakon.kz» bugun xabar berdi.

1-iyundan Olmaotadagi jamoat transporti, xususan, metropoliten ertalabki soat 6:00 dan kechki soat 23:00 gacha ishlay boshlaydi. Shuningdek, shaharga qatnovchi avtobuslar faoliyati ham tiklanyapti.

Shaharda karantin davom etyapti, shu bois fuqarolardan sanitariya talablariga rioya qilgan holda tibbiy niqob taqib yurish so‘ralyapti.

Ma’lumot uchun: ayni paytga kelib Qozog‘istonda koronavirusni yuqtirganlar soni 11308 nafarga yetdi. Shundan 5404 nafari sog‘ayib ketgan, qurbonlar — 41 nafar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring