Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar odam tanasida yana bitta a’zoni topishdi

Olimlar odam tanasida yana bitta a’zoni topishdi

Foto: «Dr Lisa Naugle (University of California, Irvine)»

Niderlandiya saraton instituti xodimlari odam organizmida ilgari birorta ham ilmiy ishda tasvirlanmagan a’zoni topishdi, deya xabar berdi «Radiotherapy and Oncology» jurnali.

Materialda qayd etilishicha, tadqiqotchilar pozitron-emission va kompyuter tomografiyadan foydalangan holda bemorlar bilan shug‘ullanishgan.

Ular o‘smani aniqlash uchun odam organizmiga radioaktiv izotop bilan belgilangan glyukozani yuborishgan.

Tekshiruv natijasida tasvirlarda so‘lak bezlarining to‘rtinchi juftligi paydo bo‘ldi – ular olimlar tomonidan kiritilgan moddadan ta’sirlanishgan.

«Qo‘shimcha» bezlar PSMA PET/CT skaneri yordamida tekshirilgan barcha bemorlarda aniqlangan. Tadqiqot natijalari ayol va erkak tanasi ochib ko‘rilganda o‘z tasdig‘ini topdi.

Shu paytgacha odam tanasida jami uch juft yirik so‘lak bezlari borligi ma’lum edi. Biroq yana bir qo‘shimchasi – to‘rtinchi juft bezlar boshning o‘rtasida joylashgan ekan.

Ehtimol, noqulay joyda joylashgani uchun ham uni ilgari payqashmagandir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring