Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar koronavirusga qarshi mRNK-vaksina ishlab chiqarishni boshladilar

Olimlar koronavirusga qarshi mRNK-vaksina ishlab chiqarishni boshladilar

Foto: «RIA Novosti»

Shanxayning Tunszi universiteti qoshidagi Dunfan gospitali bilan Xitoyning «Stemirna» biotexnologiya kompaniyasi koronavirusga qarshi mRNK-vaksina ishlab chiqish loyihasini tasdiqlashdi. Uni odatdagidan ko‘ra tezroq tayyorlash mumkin, deya xabar berdi «Paper» nashri.

Loyiha rahbari Li Xanven ma’lum qilishicha, tadqiqotchilar turli antigenlar ketma-ketligining bir qancha turlari bilan matritsali ribonuklein kislotasini (mRNK) sintez yo‘li bilan hosil qilmoqchi. So‘ngra test yordamida ular samarali antigenlarni saralab olishadi va shunga asoslanib 40 kun davomida 2019-nCoV virusiga qarshi profilaktika vaksina namunalarini yaratish mumkin.

Vaksina namunalari ishlab chiqilgandan so‘ng uni sinash va ma’qullash rejalashtirilmoqda.

Koronavirus haqida gapirganda an’anaviy vaksinalarni yaratish uchun nihoyatda uzoq muddat talab etiladi. Misol uchun, qayta tashkil etilgan oqsillar asosida vaksina yaratishga 5-6 oy ketadi. mRNK-vaksinaga kelsak, u qisqaroq muddatda ishlab chiqarilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring