Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar insoniyatni yangi xavfdan ogohlantirdi

Olimlar insoniyatni yangi xavfdan ogohlantirdi

Foto:«Reuters»

Avstraliyaning Monasha universiteti olimlari global isish va yuqori harorat oziq-ovqat yetishmovchiligi bilan bog‘liq qator kasalliklarning ko‘payishi va kelib chiqishiga olib keladi degan xulosaga qilishmoqda. Bu haqda «EurekAlert» nashri xabar berdi.

Issiq ob-havo odamning oshqozon-ichak kasalliklariga sabab bo‘ladi va hazm qilish sistemasi buzilishi va termogulyasiyaning yomonlashuviga olib keladi. Bundan tashqari, havo haroratining yuqoriligi ishtahaning pasayishiga, oziq-ovqat sotib olmaslik va ovqat tayyorlash istagini yo‘qotishi mumkin.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi dunyo bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishni 3,2 foizga kamaytiradi va shu tariqa 2050-yilga borib to‘yib ovqatlanmaslik natijasida, 30 mingga yaqin inson qirilib ketishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring