Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘g‘ri» qush velosipedchining umrini «o‘g‘irladi»

«O‘g‘ri» qush velosipedchining umrini «o‘g‘irladi»

Foto: «News»

Velosiped boshqarib ketayotgan odamga hakka hujum qilib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi. Sidneydagi bu fojia haqida «REGNUM» xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sidneyning janubida tajovuzkor qush velosipedchiga hujum qildi. Oqibatda keksa odam muvozanatni yo‘qotgan va park devoriga borib urilgan.

To‘qnashuv natijasida pensioner boshidan jiddiy jarohat oladi. Shifokorlar sa’y-harakatiga qaramay, u klinikada hayotdan ko‘z yumgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hakkalarning sakraydigan mahalliy turi ko‘payish davrida o‘ta tajovuzkor bo‘lib qoladi. Vaqti-vaqti bilan OAVda ularning odamlarga hujumi haqida xabarlar uchrab turadi. Biroq halokatli holat birinchi marta qayd etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring