Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘g‘ri ekan»: Meksika Argentinadagi elchisini chaqirib oldi

«O‘g‘ri ekan»: Meksika Argentinadagi elchisini chaqirib oldi

Oskar Rikardo Valero.

Foto: «Twitter»

Buenos-Ayresdagi do‘kondan kitob o‘g‘irlashda ayblanayotgan Meksikaning Argentinadagi elchisi Oskar Rikardo Valero vataniga chaqirildi.

Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard axloq qo‘mitasi voqeani o‘rganishini aytdi. Agarda elchining qo‘li egriligi bo‘yniga qo‘yilsa, zudlik bilan lavozimidan haydaladi.

«Hozircha unga uyga qaytishni buyurdim», — deb yozdi TIV rahbari «Twitter»da.

76 yoshli diplomatning Jakomo Kazanovo biografiyasini gazetaga o‘rab, yashirincha o‘g‘irlab chiqishga urinishi «Ateneo» do‘konidagi kuzatuv kamerasiga tushib qoldi. Ashyoviy dalil bilan qo‘lga tushgan elchi politsiya uchastkasiga yetkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring