Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ogohlik qo‘ng‘irog‘i. 2019-yil iyuli kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy deb topildi

Ogohlik qo‘ng‘irog‘i. 2019-yil iyuli kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy deb topildi

Foto: «24tv.ua»

Olimlar 2019-yil iyulini Yer tarixidagi eng issiq oy deb topishdi. Bu haqda bugun, 5-avgust kuni Yevropa iqlim o‘zgarishlari kuzatuv xizmati ma’lum qildi.

«Copernicus» dasturi doirasidagi kuzatuvlar ko‘rsatishicha, 2019-yil iyul oyidagi o‘rtacha havo harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha shu paytgacha eng issiq oy sanalgan 2016-yil iyun oyidagidan 0,04 daraja yuqorini ko‘rsatdi.

Ma’lum qilishlaricha, G‘arbiy Yevropaning qator mamlakatlarida favqulodda jaziramalar kuzatilib, havo haroratlari mutlaq rekordlari o‘rnatilgan. Xususan, Fransiya, Belgiya va Buyuk Britaniya o‘z tarixidagi eng qaynoq yozni boshdan o‘tkazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring