Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV koronavirusdan zarar ko‘rgan sohalar ro‘yxatida — Rossiya

OAV koronavirusdan zarar ko‘rgan sohalar ro‘yxatida — Rossiya

Foto: «Government.ru»

Rossiyada koronavirus pandemiyasi oqibatida eng ko‘p zarar ko‘rgan iqtisodiyot sohalari ro‘yxatiga OAV va bosma mahsulotlar ishlab chiqarish ham kiritildi.

Hukumat rahbari qaroriga ko‘ra, zarar ko‘rgan boshqa sohalar qatori kitoblar, gazeta-jurnallar chop etuvchilar, telekompaniyalar va radiostansiyalar, tarmoq nashrlari, axborot agentliklari davlat ko‘magini olish huquqiga ega bo‘ladi. Ro‘yxatga gazeta faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar ham kiritilgan.

Rossiya mediasi koronavirus va u bilan bog‘liq cheklovlar sharoitida faoliyatini davom ettiryapti. Biroq kitoblar, davriy nashrlar, obunadan va reklamadan tushadigan daromadlar tinmay qisqarib boryapti.

«Hozir OAVning roli yanada muhim: fuqarolar bo‘layotgan voqealar haqida tezkor va ishonchli ma’lumot olishlari kerak», — dedi Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin.

Koronavirus inqirozi sharoitida rus mediasiga quyidagicha imtiyozlar taklif etilyapti:

  • yarim yilga soliqlardan (QQSdan tashqari) ozod etilish;
  • davlat, munitsipial va xususiy maqomdagi ko‘chmas mulk ob’yektlaridan foydalanishda ijara to‘lovlaridan ozod etilish;
  • birlamchi ehtiyojlar va maosh to‘lash uchun foizsiz kredit olish;
  • istalgan maqsadlar uchun 2 foizlik imtiyozli kredit olish;
  • bankrotlikdan hamda rejali va rejasiz tekshiruvlar uchun moratoriy va boshqalar.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring