Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Isroil koronavirus pandemiyasi ustidan g‘alaba qildi

OAV: Isroil koronavirus pandemiyasi ustidan g‘alaba qildi

Isroil koronavirus pandemiyasini tugatgan birinchi mamlakat bo‘ldi, deya yozmoqda The Times Of Israel gazetasi.

Bosh vazir Benyamin Netanyaxuga ko‘ra, bunga «tez va samarali emlash kampaniyasi sabab».

Uning qo‘shimcha qilishicha, shu oy oxiriga qadar Isroil hukumati mamlakatning barcha katta yoshdagi aholisini koronavirusga qarshi emlashni va aprel oyigacha chegaralarini to‘liq ochishni rejalashtirmoqda.

«Ammo biz bu kasallikni tamoman yo‘q qildik deb hisoblamayman. Ma’lum vaqtgacha niqob kiyishimiz kerak bo‘ladi», - deya ta’kidlagan Netanyaxu.

Bir kun oldin mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi 4 859 948 isroillik vaksinaning birinchi dozasini olganini aytgandi. Ulardan 3 576 379 kishi ikkinchi dozada ham emlangan.

Departamentning fikriga ko‘ra, 50 va undan katta yoshdagi isroilliklarning 88 foizga yaqini COVID-19ga qarshi emlangan yoki og‘ir kasalliklar soni kamayganligi sababli kasallikdan qutulgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring