Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nursultonda maktabdagi darslar qoldirildi

Nursultonda maktabdagi darslar qoldirildi

Foto: «Ktk.kz»

Nursultonda birinchi smenada o‘qiydigan 0 — 11 sinf maktab o‘quvchilari hamda 1-2-kurslarda tahsil oladigan kollej talabalari uchun darslar qoldirildi. Bu haqda 23 yanvar kuni shahar ta’lim boshqarmasiga tayanib «Regnum» xabar berdi.

23-yanvarda, shuningdek, ikkinchi smenada o‘qiydigan 1-2-kurs kollej talabalari hamda barcha sinfdagi maktab o‘quvchilari uchun mashg‘ulotlar bekor qilindi. Darslarning qoldirilishi ob-havo sharoiti yomonlashishi bilan bog‘liq.

Semipalatinsk ta’lim boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, shahar maktablarida birinchi smenada o‘qiydigan 1 — 9 sinf o‘quvchilari uchun darslar bekor qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring