Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nobel mukofoti laureati Keri Mullis vafot etdi

Nobel mukofoti laureati Keri Mullis vafot etdi

Foto: «Wikipedia»

Nobel laureati biokimyogar Keri Mullis 74 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi «New York Times» gazetasi.

Olimning turmush o‘rtog‘i Nensi Kosgrouv Mullis eri 7 avgust kuni Kaliforniyaning Nyuport-Bich shahridagi uyida yurak va nafas yetishmovchiligidan hayotdan ko‘z yumganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Mullis 1993-yili britaniyalik olim Mayk Smit bilan birga oddiy va arzon DNK tahlilini kashf etgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring