Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nissan’ning sobiq rahbari Yaponiyadan musiqachilar qutisiga bekinib qochib ketdi

Nissan’ning sobiq rahbari Yaponiyadan musiqachilar qutisiga bekinib qochib ketdi

Nissan kompaniyasining sobiq rahbari Karlos Gon Yaponiyadan qochishga muvaffaq bo‘ldi. U moliyaviy firibgarlik uchun uy qamog‘iga olingan va sud bo‘lishi kutilayotgan edi.

Xabar qilinishicha, Karlos Gon bir guruh yollanma mutaxassislar yordamida qochishga muvaffaq bo‘lgan. Ular musiqachilar kiyimida Gonning uyiga kirgan va Nissan kompaniyasining sobiq menejerini musiqa asboblari qutisiga bekitib, olib chiqib ketgan. Shundan so‘ng Karlos Gon Yaponiya provinsiyalaridan biridagi kichik aeroportga olib kelinib, xususiy samolyotda Turkiyaga yuborilgan. U yerdan esa Livanga o‘tib ketgan.

Karlos Gon qonuniy yo‘l bilan Yaponiyadan chiqib keta olmas edi, chunki uchchala pasporti ham advokatlar qo‘lida bo‘lgan. E’tiborli tomoni, u Livan, Fransiya va Braziliya fuqarosi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Karlos Gon 2018 yilning kuzida Yaponiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan. Shundan so‘ng bir necha bor kafolat puli hisobiga qo‘yib yuborilgan. Unga rafiqasi Kerol va Nissan’ning Livan hamda Ummondagi dilerlari bilan aloqaga kirishish taqiqlangan edi.

Karlos Gon 80 million dollar daromadni yashirish va 16 million dollarlik shaxsiy harajatini kompaniya zimmasiga yuklashda ayblanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring