Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NATOning Yevropadagi a’zolari va Kanada mudofaa xarajatlarini oshirdi

NATOning Yevropadagi a’zolari va Kanada mudofaa xarajatlarini oshirdi

Foto: «RIA Novosti»

NATOning Yevropadagi a’zolari va Kanada 2020-yilda mudofaa xarajatlarini 4,3%ga oshirdi. Bu haqda NATO mudofaa vazirlari uchrashuvidan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida bosh kotib Yens Stoltenberg ma’lum qildi.

«Ushbu o‘sish 4,3%ni tashkil etadi. Bu oltinchi yildirki Yevropa ittifoqchilari va Kanada xarajatlarni oshirmoqda. Bu tamoyil saqlanib qolishini kutmoqdamiz», — dedi Stoltenberg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqchilar «kuch va mablag‘, shuningdek, operatsiyalardagi ishtiroki»ga sarmoyani kuchaytirishda davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring