Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Narkokartel a’zolari harbiylarga pistirmadan hujum qilishdi

Narkokartel a’zolari harbiylarga pistirmadan hujum qilishdi

Foto: «RAMBLER»

Chorshanba tongida Meksikaning Gerrero shtatida harbiylar pistirmaga duch kelishdi. Uch nafar harbiy va ikki nafar fuqaro halok bo‘ldi, deb yozadi «Milenio» nashri.

— Milliy mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, to‘rt kishi – ikkita askar va ikkita fuqaro to‘qnashuv joyida, yana bir askar Chilpansingo shifoxonasida hayotdan ko‘z yumgan, — deyiladi matnda.

Nashrning yozishicha, armiya patruli giyohvand o‘simliklar plantatsiyasini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya o‘tkazayotganda ularga qurollangan odamlar guruhi hujum qiladi. Askarlar hujum uyushtirganlarga javob o‘qi uzib, ulardan ikkitasini halok qiladi. Voqea sodir bo‘lgan hududda bir nechta kishi qo‘lga olingan.

So‘nggi yillarda Meksikani qamrab olgan zo‘ravonliklar giyohvand moddalar ishlab chiqarish va yetkazib berish, AQShga kokain tranziti ustidan nazorat qiluvchi kartellar qarshiligi bilan bog‘liq. 2018-yili Meksikada juda ko‘pchilik hayotdan ko‘z yumdi — xavfsizlik vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yo‘qotishlar qariyb 33 mingdan oshib ketgan (2017-yili — 31,2 ming kishi).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring