Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Myanma armiyasi musulmonlarga qarshi jinoyatlarini davom ettirmoqda

Myanma armiyasi musulmonlarga qarshi jinoyatlarini davom ettirmoqda

Foto: «Azon.uz»

Amnesty International tashkilotining ma’lum qilishicha, Myanmaning Rakxayn shtatida musulmon rohinjalarga qarshi jinoyatlar sodir etgan va yuz minglab rohinjalarning qochoqqa aylanishiga sabab bo‘lgan harbiylar qilmishlarini hali ham davom ettirmoqda.

Tashkilot rahbari Nikolas Bekelin Rakxayn shtatidagi G‘arbiy qo‘mondonlik harbiylari rohinjalarga nisbatan jinoyatlarini va ularning huquqlarini qo‘pol ravishda buzishni davom ettirayotganini ta’kidladi.

Ayni shu qo‘mondonlik askarlari 2017 yilning avgustida o‘ta shafqatsiz qirg‘inlarni amalga oshirgan, buning oqibatida yuz minglab rohinjalar qo‘shni Bangladeshga qochib o‘tgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring