Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Muhojirlar Yevropaga mashina «bardachogi»da kirishga urinishdi (foto)

Muhojirlar Yevropaga mashina «bardachogi»da kirishga urinishdi (foto)

Foto: «CNN»

Ispaniyaning O‘rta Yer dengizidagi yirik portlaridan sanalgan Melilya shahrida avtomashina «bardachogi» orqali Yevropaga yo‘l qidirgan afrikalik muhojir aniqlandi. Bu haqda «CNN» xabar berdi.

Shu bilan bir paytda Marokash va Melilya oralig‘idagi chegara punktida ham turli mashinalarda yashiringan yana uch nafar muhojir aniqlangan.

Foto: «CNN»

Uch nafar afrikalik, jumladan, 15 yoshli qiz mashinalarning turli qismlariga bekitilgan. Ulardan ikki nafari yuqoridagiga o‘xshab priborlar paneli ortiga, biri esa ort o‘rindiq ostiga yashirilgan.

Karaxt, zo‘rg‘a nafas olayotgan, bo‘g‘imlardagi kuchli og‘riqdan aziyat chekayotgan qochoqlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Bunaqa sinovlarda bechoralarning omon qolganiga ishonish qiyin...  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring