Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvada qalbaki besh mingtaliklar aylanmasi ko‘paydi

Moskvada qalbaki besh mingtaliklar aylanmasi ko‘paydi

Foto: «Pixabay»

Rossiya poytaxti Moskvada 2020-yil boshidan beri 5000 (besh ming) rubl nominalidagi qalbaki qog‘oz pullar aylanmasi ko‘paydi, deb yozmoqda «Mk.ru».

Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 15 foizga yuqori.

«Moskva hududida eng ko‘p qalbakilashtirilayotgan pul Rossiya bankining 5000 rubllari bo‘lib qolmoqda», — deyiladi Moskva shahar IIB matbuot xizmati xabarida.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, 5 oy davomida shunaqa kupyuralardan 6,4 mingtasi fosh qilingan, solishtirish uchun: o‘tgan yil dastlabki besh oyida bu ko‘rsatkich 5,5 mingtaga yetgandi. Moskvada, umuman olganda, 2020-yil boshidan beri rubl va xorij valyutasi ko‘rinishidagi 8,6 ming dona qalbaki pul fosh etilgan.

Moskvada chet el valyutalari orasida eng ko‘p 50 yevrolik 100 dollarlik qalbaki pullar uchrayapti, ammo Rossiya bo‘yicha eng ko‘p 100 dollarlik va 500 yevrolik qalbaki pullar kezib yuribdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring