Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MMA kurashchisi: «Tungi klublarni yopish kerak»

MMA kurashchisi: «Tungi klublarni yopish kerak»

Foto: «Bigmir.net»

Aralash yakkakurashlar (MMA) hamda UFC chempioni Habib Nurmagomedovning fikricha, Dog‘istondagi tungi klublarni yopish kerak. Maxachqal’ada Rosgvardiya ofitseri o‘ldirilganidan so‘ng u shu taklifni bildirdi, deya yozmoqda «Life».

— Tungi klublarni yopish kerak degan taklifga to‘liq qo‘shilaman. Yurtdoshlarimga savol: bu tungi klublarning jamiyatimizga nima nafi tegyapti? — Nurmagomedov «Instagram»da shunday yozdi va bunga o‘xshash ko‘ngilochar muassasalarni yopish taklifini bildirgan dog‘istonlik blogerning videosini ilova qildi.

Eslatib o‘tamiz, Maxachqal’adagi «Best» tungi klubida mast yoshlarni ajratishga uringan Rosgvardiya ofitseri o‘ldirilgandi. Tergov ushbu voqea yuzasidan jinoyat ishi ochgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring