Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misrda bir necha ming yil avvalgi qabrlar topildi

Misrda bir necha ming yil avvalgi qabrlar topildi

Foto:«BBC»

Arxeologlar Misrning Luksor shahri yaqinida 20 dan ortiq qadimiy yog‘och tobutlarni topdilar, deya xabar bermoqda «BBC».

Nil daryosining g‘arbiy sohilidagi (Asasif vodiysi) Teban maqbarasidan hozirgacha yorqin rangdagi bezaklari mavjud tobutlar topilgan.

Ushbu kashfiyotni so‘nggi yillarda «eng katta va eng muhimlaridan biri» deb ta’riflangan. Asasifdagi qabrlarning aksariyati qadimgi Misrning so‘nggi qirollik davri (mil.avv. 664-332-yillar)ga tegishli deb tahmin qilinmoqda.

Foto:«BBC»

Bundan tashqari, 18-suloladan (mil.avv. 1550-1292-yillar) oldinroq paydo bo‘lgan qabrlar mavjud bo‘lib, bu Yangi Qirollikning mashhur fir’avnlari Yaxmos, Tutmos III, Tutanxamon kabilarning hukmronlik davriga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan xaftada hukumat ayni shu hududda sanoat zonasi tashkil qilishga ruxsat bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring