Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliarderning sobiq xotini maktab o‘qituvchisiga turmushga chiqdi

Milliarderning sobiq xotini maktab o‘qituvchisiga turmushga chiqdi

Foto: «Wsj.com»

Dunyodagi eng boy odamning sobiq rafiqasi oddiy maktab o‘qituvchisiga turmushga chiqdi. Gap «Amazon» kompaniyasining bosh direktori Jeff Bezos bilan 2019-yilda ajrashgan Makkenzi Skott haqida bormoqda.

«The Wall Street Journal» nashrining yozishicha, Makkenzi o‘z taqdirini Sietldagi xususiy maktablarning sobiq o‘qituvchisi Den Juett bilan bog‘lashga ahd qilgan. Makkenzi Skott allaqachon shaharga ko‘chib o‘tgan. Hozir u yerda turmush o‘rtog‘i va to‘rt nafar farzandi bilan yashamoqda.

Ajrashganda Makkenzi Skott «Amazon»ning 4 foiz ulushini olgan. Bugungi kunga kelib, uning boyligi qariyb 5 milliard dollarni xayriya uchun sarflaganidan tashqari 53 milliard dollarga baholanmoqda.

Dunyodagi eng boy ayolning turmush o‘rtog‘i baxtli tasodif tufayli u tanigan insonlarning «eng saxiy va mehriboni»ga uylanganini aytmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring