Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Meksikada 3 ta avtobus to‘qnashishi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi

Meksikada 3 ta avtobus to‘qnashishi natijasida 11 kishi halok bo‘ldi

Meksikaning Mexiko shtati, Mexiko-Pachuka trassasida 3 ta avtobus to‘qnashib ketishi natijasida 11 nafar inson halok bo‘lgan. Shuningdek, 25 ta odam turli ko‘rinishdagi tan jarohatlar olgani haqida Milenio nashri xabar berdi.

Nashrning ma’lumot berishicha, YTH 18 noyabr, dushanba kuni soat 20:00 da yuz bergan. Mahalliy politsiyaning xabariga ko‘ra, har uchala avtobus haydovchilari voqea joyidan yashirinishgan.

To‘qnashuv yuz bergan hududda o‘t o‘chiruvchilar, politsiya va Meksika Qizil Hoch bo‘limining xodimlari ishlamoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring