Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktab hududida 145 ta qabr topildi — Florida

Maktab hududida 145 ta qabr topildi — Florida

Illyustrativ foto

Tampa shahri (AQSh, Florida shtati)dagi  King High School maktabi hududi qabriston ustida qurilgani aniqlandi.

Bu yerda hozirgacha 145 ta qabr topildi.

Yashirin qabristonni georadar topib berdi. Shu atrofda mahalliy afroamerikaliklar qavmiga tegishli qabriston borligi haqida gaplar tarqaganidan so‘ng qidiruv ishlari boshlanib ketgandi.

Taxminlarga ko‘ra, bu yerda 230 dan ortiq inson ko‘milgan. Oxirgi marotaba bu yerda dafn marosimi 75 yil ilgari o‘tkazilgan. Ko‘milganlarning ko‘pchiligi go‘daklar va yosh bolalar bo‘lganligi uchun yangi qabrlarni izlash oson kechmayapti.

Qabrlar ustiga qurilgani ehtimolda tutilayotgan maktab ustaxonasini buzish rejalashtirilgan. Bu hudud maktab ixtiyorida qoladimi — yo‘qmi, endi shahar hukumati bir to‘xtamga kelishi shart.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring