Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lotin Amerikasida kuchli dovul ko‘plab insonlarni hayotdan olib ketdi

Lotin Amerikasida kuchli dovul ko‘plab insonlarni hayotdan olib ketdi

Foto: «AFP 2020»

Lotin Amerikasi davlatlarida Amanda tropik dovuli keltirib chiqargan sel oqibatida 26 kishi qurbon bo‘ldi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

Avvalroq Salvadorda 16 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi.

Dovulning oqibatlari, ayniqsa, Salvadorda kuchliroq  sezildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda qurbon bo‘lganlar soni 20 kishiga yetgan, yana 3 kishi bedarak ketgan. «Salvador» nashrining xabariga ko‘ra, tabiiy ofatdan qariyb 25 mingta oila zarar ko‘rgan.

Mahalliy «Prensa» nashrining ma’lum qilishicha, dovul, shuningdek, Gonduras janubida toshqin va vayronagarchiliklarni keltirib chiqargan. U yerda kamida 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan. «Soy502» portali esa Gvatemalada yana ikki kishining vafot etganini xabar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring