Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Livan poytaxtida dahshatli portlash sodir bo‘ldi (video)

Livan poytaxtida dahshatli portlash sodir bo‘ldi (video)

Foto: Anna-news

Livan poytaxti Bayrutda aholi yashash hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi.

Portlash kuchi yuqoriligidan uning epitsentridan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan binolar derazalarigacha parchalanib ketgan.

Ma’lum qilinishicha, portlash kuchidan ko‘plab odamlar jarohat olgan.

Portlashdan bir nechta uylar vayron bo‘lgan, vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin.

Livan ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, portlashga pirotexnika saqlanadigan omborlardan birida yong‘in yuzaga kelgani sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring