Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Livan Isroilni chegara buzishda ayblamoqda

Livan Isroilni chegara buzishda ayblamoqda

Foto: «RIA Novosti»

Livan davlati mudofaa vazirligi bosh shtabi tomonidan xabar qilinishicha, Isroilga tegishli uchish apparati havo chegaralarini buzib, Livan xududiga kirgan.

Uchuvchisiz harakatlanuvchi uchish apparati Livanning Marjiyun xududi ustida past balandlikda harakat qilgan va razvedka ishlarini olib borgan. Shu bilan birgalikda Isroilning harbiy kateri Livanning dengiz chegarasini 535 metrga buzib kirgan. Ushbu holat Livanda turgan BMTning tinchlik kuchlari tomonidan ham qayd etilgani aytilmoqda.

Isroil muntazam ravishda Livan chegaralarini buzib turadi. Beyrut bu borada bir necha bor BMT xavfsizlik kengashiga murojaat qilgan va Tel-Avivga nisbatan chora ko‘rishga chaqirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring