Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kreml Putin va Zelenskiyning Qozog‘istonda uchrashuvi taklifiga javob qaytardi

Kreml Putin va Zelenskiyning Qozog‘istonda uchrashuvi taklifiga javob qaytardi

«Kreml Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning Moskva va Kiyev munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan sa’yi-harakatlarini yuqori baholaydi» -, deydi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Peskovning aytishicha, Rossiya yetakchisi Putin Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan uchrashishdan hech qachon bosh tortmagan, biroq hozir hammaning diqqati «normand shaklidagi» uchrashuvga qaratilgan.

«Putin shunchaki uchrashuv o‘tkazish kam foyda keltiradi deb hisoblaydi. Uchrashuvga yaxshi tayyorlangan bo‘lish kerak. Shu bois hozirda barchamiz diqqatimizni «normand shaklidagi» jarayonlar tayyorgarliklariga qaratganmiz. Buning uchun, albatta, tomonlar Minskda o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajargan bo‘lishlari shart» - deya Peskovdan iqtibos keltirmoqda «RIA» Novosti.

Prezident kotibi davlat rahbari hamisha Kiyev va Moskva munosabatlarining yaxshilanishi va normal holatga qaytishi tarafdori bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev Putin va Zelenskiyga Qozog‘istonda uchrashishni taklif qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring