Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Korrupsiyaga qarshi kurashaverib charchagan prezident sun’iy intellektdan foydalanmoqchi — Indoneziya

Korrupsiyaga qarshi kurashaverib charchagan prezident sun’iy intellektdan foydalanmoqchi — Indoneziya

Foto: TASS

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo mamlakatda korrupsiya va qog‘ozbozlikka qarshi kurashishda sun’iy intellekt kuchiga tayanmoqchi, deya xabar berdi «ZME Science».

Prezident ayrim amaldorlar o‘rniga sun’iy intellektni «o‘tqazib qo‘ymoqchi». Vidodoning hukmron koalitsiyasi parlamentda 75 foiz o‘rinni band etgan, shunday ekan, prezident istagan tashabbus so‘zsiz amalga oshadi.

Masalan, neyrotarmoq biznesni muvofiqlashtiruvi amaldorlar o‘rnini egallashi kutilyapti. Ayni paytda biznes boshqaruvi to‘rt bosqichli, Vidodoning nazarida shulardan ikkitasi umuman kerakmas.

Prezident Vidodo «neyrotarmoqli islohot» biznes taraqqiyotiga yo‘l ochib, xom ashyo eksportidan kun ko‘ruvchi mamlakatni yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga olib o‘tishdi yordam berishiga ishonmoqda.

Hozircha Vidodo amaldorlar o‘rniga aynan qaysi algoritmlardan foydalanilishiga oydinlik kiritmagan.

Mamlakat to‘qnash kelayotgan eng katta muammo bu korrupsiya — so‘rovnomalar har ikki davlat xizmatchisidan biri pora olayotganini ko‘rsatyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring