Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘chadan topib olingan kuchukcha tulki bolasi bo‘lib chiqdi

Ko‘chadan topib olingan kuchukcha tulki bolasi bo‘lib chiqdi

Yaponiyalik erkak ko‘chadan kuchukcha topib oldi va uyiga olib keldi. Ammo jonivor aslida tulki bo‘lib chiqdi

Yaponiyada yashovchi erkak it deb o‘ylab boqib olgani aslida tulki bolasi bo‘lib chiqdi, deb yozadi «Korrespondent.net»ga asoslanib Ekologuz.

Marsi ismli erkak trassada it bolasini ko‘rib qoldi va uni uyiga olib ketdi. U it yo‘qolib qolgan bo‘lsa, uni topish oson bo‘lishi uchun jonivorning rasmini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Luna laqabli kuchukchaning aslida tulki ekanligini ma’lum qildi. Erkak jonivorni veterinarga olib bordi va u ham bu ma’lumotni tasdiqladi.

Yaponiyalik Lunaga g‘amxo‘rlik qilishda davom etdi, biroq keyin uni maxsus fermaga topshirishiga to‘g‘ri keldi. Chunki Yaponiyada uyda tulki boqish taqiqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring