Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In taslim bo‘ldimi? KXDR yetakchisi «og‘ir yillarda yashayotgani»ni tan oldi

Kim Chen In taslim bo‘ldimi? KXDR yetakchisi «og‘ir yillarda yashayotgani»ni tan oldi

KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakatdagi so‘nggi yillardagi vaziyatni «tarixdagi eng qiyini» deb ta’rifladi. U bu haqda kasaba uyushmalari qurultoyiga yo‘llagan xabarida aytib o‘tgan. Bu haqda Koreya Markaziy Telegraf Agentligi (KCNA) xabar bergan.

«Shimoliy Koreya nihoyatda yangi davrga qadam qo‘ydi. Mamlakat taraqqiyot, o‘zgarishlar va o‘sish sur’atlariga muhtoj»,— deydi lider.

«So‘nggi yillarda, tarixdagi eng og‘ir vaziyatga qaramay, mamlakatning qudrati va mavqei keskin oshdi. Endi biz har kimga farovon yashashga imkon beradigan hayot yaratishga harakat qilishimiz kerak», — deb aytgan u.

Aytib o‘tish kerakki, Kim Chen In kamdan kam hollardagina mamlakatdagi vaziyatni og‘ir deb baholaydi.

Yevropaning maxsus tahlilchilariga ko‘ra, bu bayonot shimollik liderning «taslim» bo‘lganini yoki KXDRda chuqur iqtisodiy inqiroz yaqinlashayotganini anglatishi mumkin.

Avvalroq, Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi xodimi Yevropadan tibbiy asbob-uskunalar sotib olishni ta’minlay olmagani uchun qatl etilgani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring