Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Keniyada maktabdagi tiqilinch natijasida 14 o‘quvchi halok bo‘ldi

Keniyada maktabdagi tiqilinch natijasida 14 o‘quvchi halok bo‘ldi

Foto: «bbc.com»

Keniya g‘arbidagi boshlang‘ich maktabda kamida 14 o‘quvchi halok bo‘lgan, deydi rasmiylar.

Halokat dushanba kuni tushdan keyin poytaxt Nayrobining shimoli-g‘arbidagi Kakamega boshlang‘ich maktabida sodir bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tiqilinch o‘quvchilar maktabdan uyiga qaytishayotganda mahalliy vaqt bilan soat 17:00 (14:00 GMT) da kelib chiqqan.

Ta’lim vaziri Jorj Magoxa 14 nafar o‘quvchining hayotdan ko‘z yumganini mahalliy ommaviy axborot vositalariga ma’lum qildi.

«Bolalarning o‘limi nihoyatda alamli. Farzandlaridan ayrilgan ota-onalarga ta’ziya bildiraman», — deydi Janob Magoxa.

Tiqilinch sababi hozircha noma’lum. Ammo Kakamega politsiya boshlig‘i Devid Kabena mahalliy matbuotga tergov harakatlari boshlanganini aytdi.

Ba’zi xabarlarga ko‘ra, o‘quvchilar maktab kunining oxirida tor zinadan tushib ketishgan. Zina qulab tushgani aytilmoqda.

«The Daily Nation» gazetasining xabariga ko‘ra, yugurib ketayotgan ayrim bolalar o‘zini to‘xtatolmay binoning uchinchi qavatidan tushib ketishgan.

Manbalardan birining ta’kidlashicha, o‘qituvchi o‘quvchilardan birini jazolashga uringandan so‘ng o‘quvchilar maktab binosidan yugurib chiqa boshlagan.

«Regnum»ning xabar berishicha, 3-fevral kuni Keniya g‘arbidagi maktabda tiqilinch kelib chiqqan. Uning oqibatida 14 ta o‘quvchi hayotdan ko‘z yumgan, 39 ta bola jarohatlangan, ulardan 20 nafari shifoxonga yotqizilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, tiqilinch dars tugagach qo‘ng‘iroq chalingandan so‘ng kelib chiqqan. Ayrim o‘quvchilar zinadan yiqilish oqibatida jarohatlanishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring