Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kartoshka gazi» Rossiyada to‘rt kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi

«Kartoshka gazi» Rossiyada to‘rt kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi

Foto: «REGNUM»

«REGNUM» yozishicha, Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida to‘rt inson chirigan kartoshkadan chiqqan gazdan zaharlanib vafot etgan. RF tergov qo‘mitasi mintaqa tergov boshqarmasi matbuot xizmati bu haqda xabar bergan.

To‘rt kishining jasadi kecha, 14-sentyabr kuni Magnitka Kusinskiy posyolkasida, xususiy uyning sabzavot saqlanadigan omborida topilgandi. Halok bo‘lganlarning tanalarida zo‘ravonlik izlari topilmagan.

Dastlabki tergov xulosasiga ko‘ra, ular omborxonani tozalashga kelgan bo‘lgan va chirigan kartoshka hosil qilgan gazdan zaharlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring