Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Karlos Gon Yaponiyadan nega qochib ketganini aytdi

Karlos Gon Yaponiyadan nega qochib ketganini aytdi

Foto: EPA / UPG

«Renault-Nissan-Mitsubishi» alyansi sobiq rahbari Karlos Gon Yaponiyadan Livanga qochib ketgani haqida xabar bergandik.

Gon Bayrut (Livan poytaxti)da tashkil etilgan matbuot anjumanida o‘ziga nisbatan yapon hukumati qo‘pol munosabatda bo‘lgani, huquqlarini ko‘p marotaba buzgani sababli qochishga majbur bo‘lganini aytdi.

«Meni kuniga 8 soatlab advokatlar ishtirokisiz so‘roq qilishardi», — dedi Karlos Gon.

Uning aytishicha, Tokio prokuraturasi hatto aybiga iqror bo‘lmasa oilasini ta’qib qilish bilan ham qo‘rqitgan.

Ammo Karlos Gon «qochish rejasi»ni ochiqlamadi: «Yaponiyadan qanday chiqib ketganimni aytmayman, holbuki, ko‘pchiligingiz shuni bilish uchun kelgansizlar».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring